Savollar va javoblar
Oʻyinga qanday yoziladi?
Oʻyinni oching, Bron qilish tugmasini bosing va tasdiqlang. Pulni maydonda tashkilotchiga naqd yoki karta orqali toʻlaysiz.
Bronni qanday bekor qilaman?
Bronlar boʻlimida oʻyinni oching va Bekor qilish tugmasini bosing. 24 soatdan oldin bepul; keyin kelmaslik deb yoziladi.
3 marta kelmasam nima boʻladi?
7 kun bron qila olmaysiz. Keyin hisob 0 dan boshlanadi.
Oʻyin bekor boʻlsa-chi?
Darhol xabar keladi. Kelmaslik yozilmaydi, bepul oʻyin qaytadi.
Qanday qilib tashkilotchi boʻlaman?
Profilingizdan ariza yuboring. Odatda 24 soat ichida javob beramiz; birinchi 5 ta oʻyin bepul.
Ilova pullikmi?
Yoʻq. Ilova va bron bepul. Oʻyin narxini maydonda tashkilotchiga toʻlaysiz.
Qaysi shaharlarda ishlaydi?
Hozircha Toshkentda. Yangi shaharlarni ilovada eʼlon qilamiz.
Hisobimni qanday oʻchiraman?
Ilovada: Profilni tahrirlash → Hisob → Hisobni oʻchirish. Ilovasiz: Hisobni oʻchirish sahifasi.
Yordam kerak boʻlsa?
Ilovada: Profil → Yordam → Biz bilan bogʻlanish, javob shu yerga keladi.